Joriy yilning 12 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi va “TIBTEXNIKA” MChJ o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Hujjat TIBTEXNIKA kompaniyasiga tibbiy implantlar sohasidagi loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirishni ko‘rib chiqishda ko‘maklashishga qaratilgan.
TIBTEXNIKA tibbiyot muassasalarini tibbiy maqsadlarda zarur mahsulotlar va jihozlar bilan taʼminlovchi korxona sifatida tashkil etilgan.

